BYD avtosalonlari uchun Bitrix24'da marketingdan NPS'gacha bo'lgan butun mijoz yo'lini qamrab oluvchi tizim qurdik: 6 bo'lim, 5 ta o'zaro bog'langan varonka, 7 filial va har bir bo'lim hamda umumiy boshqaruv uchun dashboardlar.
Ko'p kanalli reklama, 7 ta filial, call-center, reception, sotuv, shartnoma va NPS bo'limlari — barchasi alohida ishlardi. Lidlar yo'qolar, mijoz qaysi bosqichda ekani noaniq, rahbarda yagona ko'rinish yo'q edi.
Butun mijoz yo'lini Bitrix24'da yagona tizimga birlashtirdik. Har bir bo'lim o'z varonkasida ishlaydi, statuslar bo'limlar o'rtasida avtomatik uzatiladi, hujjatlar avtomatik generatsiya qilinadi va hamma narsa dashboardlarda ko'rinadi.
Lid reklamadan kelib, sotuvga va sotuvdan keyingi xizmatga (NPS) avtomatik o'tadi.
Facebook, sayt va boshqa barcha reklama kanallari Bitrix24'ga integratsiya qilingan. Reklamadan kelgan lidlar avtomatik call-centerning Реклама statusiga, kiruvchi qo'ng'iroqlar esa Новые statusiga tushadi.
Operator har bir mijozga qo'ng'iroq qilib kartochkani to'ldiradi: region, avtomobil modeli, jinsi, to'lov turi, sotib olish muddati, filial, tashrif vaqti, qo'ng'iroq natijasi.
Salonga kelgan har bir mijozdan ism, raqam va manbani oladi, menejer chaqiradi va mijozni raqami bo'yicha varonkadan qidiradi:
Menejerlar mijozga avtomobillarni ko'rsatadi va statuslarni mijoz fikriga qarab boshqaradi. Barcha 7 filialda (Yashnobod, Mirobod, Lunacharskiy, Farg'ona, Jizzax, Navoiy, Nukus) varonka bir xil:
Sotuvdan kelgan bitimlar tekshiriladi va hujjatlar tayyorlanadi:
NPS xodimi mashina sotib olgan mijozga qo'ng'iroq qilib dasturlarni faollashtiradi, so'ng baholashni so'raydi va bahoni mijoz kartasiga kiritadi. Belgilangan kunlarda qayta bog'lanadi.
Rahbar uchun real vaqtli boshqaruv panellari qurildi.
Namunaviy ko'rinish — raqamlar tizimda real vaqtda yangilanadi.
Kanal bo'yicha lidlar soni, reklama samaradorligi va konversiya.
Qo'ng'iroqlar, tayinlangan uchrashuvlar va operatorlar samaradorligi.
Har bir filial va menejer bo'yicha sotuv natijalari taqqoslamasi.
Tayyorlanayotgan va yopilgan shartnomalar, xatoliklar nazorati.
Mijoz baholari, faollashtirishlar va muammolar statistikasi.
Rahbar uchun butun voronka: lidlardan sotuvgacha bitta panelda.
Bepul konsultatsiya oling — jarayoningizni tahlil qilib, sizga mos Bitrix24 sxemasini taklif qilamiz.
So'rov qoldirish