Avtomobil · Bitrix24

BYD avtosalonlari uchun to'liq savdo tizimi

BYD avtosalonlari uchun Bitrix24'da marketingdan NPS'gacha bo'lgan butun mijoz yo'lini qamrab oluvchi tizim qurdik: 6 bo'lim, 5 ta o'zaro bog'langan varonka, 7 filial va har bir bo'lim hamda umumiy boshqaruv uchun dashboardlar.

6
o'zaro bog'langan bo'lim
7
filial bitta tizimda
5
avtomatlashgan varonka
100%
lidlar nazoratda
Vazifa

Muammo

Ko'p kanalli reklama, 7 ta filial, call-center, reception, sotuv, shartnoma va NPS bo'limlari — barchasi alohida ishlardi. Lidlar yo'qolar, mijoz qaysi bosqichda ekani noaniq, rahbarda yagona ko'rinish yo'q edi.

Yechim

Nima qildik

Butun mijoz yo'lini Bitrix24'da yagona tizimga birlashtirdik. Har bir bo'lim o'z varonkasida ishlaydi, statuslar bo'limlar o'rtasida avtomatik uzatiladi, hujjatlar avtomatik generatsiya qilinadi va hamma narsa dashboardlarda ko'rinadi.

Umumiy jarayon

Mijozning yo'li — 5 varonka

Lid reklamadan kelib, sotuvga va sotuvdan keyingi xizmatga (NPS) avtomatik o'tadi.

Marketing reklama → lid Call-center qo'ng'iroq, saralash Sotuv (7 filial) + Reception 12 status Shartnoma hujjatlar NPS faollashtirish, baho
Bo'limlar bo'yicha

Har bir bo'lim qanday ishlaydi

1

Marketing

Facebook, sayt va boshqa barcha reklama kanallari Bitrix24'ga integratsiya qilingan. Reklamadan kelgan lidlar avtomatik call-centerning Реклама statusiga, kiruvchi qo'ng'iroqlar esa Новые statusiga tushadi.

⚙️
Avtomatika: barcha kanallardan lid yagona oqimga yig'iladi — bironta murojaat e'tibordan chetda qolmaydi.
2

Call-Center

Operator har bir mijozga qo'ng'iroq qilib kartochkani to'ldiradi: region, avtomobil modeli, jinsi, to'lov turi, sotib olish muddati, filial, tashrif vaqti, qo'ng'iroq natijasi.

Новые Реклама Подумает Назначенные встречи Некачественный лид
⚙️
Avtomatika: "Назначенные встречи" qo'yilganda tanlangan filial sotuv varonkasida ham avtomatik bitim ochiladi. Tashrif vaqti kelganda bitim salon boshqaruvchisiga o'tadi → u menejerlarga taqsimlaydi → menejer qo'ng'iroq qilgach В процессе ga o'tkazadi.
3

Reception

Salonga kelgan har bir mijozdan ism, raqam va manbani oladi, menejer chaqiradi va mijozni raqami bo'yicha varonkadan qidiradi:

  • "Назначенные встречи" yoki "В процессе" da bo'lsa → Встреча состоялась ga o'tkazib, menejer belgilanadi
  • Boshqa jarayondagi statusda bo'lsa → eski menejer ogohlantiriladi
  • Topilmasa yoki "Сделка провалена/успешна" da bo'lsa → yangi karta ochiladi, menejer belgilanadi, avtomatik "Встреча состоялась"
⚙️
Avtomatika: mijoz tarixini tekshirib, takroriy va yangi mijozlarni to'g'ri yo'naltiradi — chalkashlik bo'lmaydi.
4

Sotuv bo'limi — avtosalonlar

Menejerlar mijozga avtomobillarni ko'rsatadi va statuslarni mijoz fikriga qarab boshqaradi. Barcha 7 filialda (Yashnobod, Mirobod, Lunacharskiy, Farg'ona, Jizzax, Navoiy, Nukus) varonka bir xil:

Назначенные встречи В процессе Встреча состоялась Test Drive Отдел Договоров Договор получен Оплата получена На реализацию Сделка успешна
⚙️
Avtomatika: Test Drive so'ralganda hujjat avtomatik generatsiya qilinadi va status o'zgaradi. "Отдел Договоров" tanlansa bitim shartnoma varonkasiga o'tadi. "Сделка успешна" bo'lganda karta avtomatik nusxalanib NPS varonkasiga tushadi.
5

Shartnoma bo'limi

Sotuvdan kelgan bitimlar tekshiriladi va hujjatlar tayyorlanadi:

Новые клиенты Подготовка документов Готова· Отмена· На реализацию
⚙️
Bog'lanish: "Готова" → sotuvda Договор получен, xatolik bo'lsa "Отмена" → Ошибка данных, "На реализацию" akti tayyor bo'lsa → Сделка успешна.
6

NPS — sotuvdan keyingi xizmat

NPS xodimi mashina sotib olgan mijozga qo'ng'iroq qilib dasturlarni faollashtiradi, so'ng baholashni so'raydi va bahoni mijoz kartasiga kiritadi. Belgilangan kunlarda qayta bog'lanadi.

Новые реализации Отправлен на активацию 7-дневный обзвон 25-дневный обзвон 30-дневный обзвон Готова
⚙️
Avtomatika: qo'ng'iroq kunlari eslatma sifatida avtomatik rejalashtiriladi. Muammo chiqsa "Возникла проблема" statusiga o'tkaziladi.
Hisobot

Dashboardlar — har bir bo'lim va umumiy

Rahbar uchun real vaqtli boshqaruv panellari qurildi.

Boshqaruv paneli Bugun Hafta Oy Lidlar 1 240 ▲ +12% Konversiya 23% ▲ +5% Bitimlar 285 ▲ +8% O'rtacha NPS 8.7 ★ a'lo Sotuv — filiallar bo'yicha Yash. Mir. Lun. Far. Jiz. Nav. Nuk. Lidlar — kanallar bo'yicha 1 240 lidlar Instagram 40% Sayt 28% Telefon 20% Telegram 12%

Namunaviy ko'rinish — raqamlar tizimda real vaqtda yangilanadi.

📣

Marketing dashboard

Kanal bo'yicha lidlar soni, reklama samaradorligi va konversiya.

📞

Call-center dashboard

Qo'ng'iroqlar, tayinlangan uchrashuvlar va operatorlar samaradorligi.

🏬

Filiallar dashboard

Har bir filial va menejer bo'yicha sotuv natijalari taqqoslamasi.

📄

Shartnoma dashboard

Tayyorlanayotgan va yopilgan shartnomalar, xatoliklar nazorati.

NPS dashboard

Mijoz baholari, faollashtirishlar va muammolar statistikasi.

📊

Umumiy dashboard

Rahbar uchun butun voronka: lidlardan sotuvgacha bitta panelda.

Natija

Tizim nima berdi

  • Reklamadan NPS'gacha — yagona, uzluksiz jarayon
  • 7 filial bitta tizimda, statuslar avtomatik uzatiladi
  • Test Drive, shartnoma va akt hujjatlari avtomatik generatsiya
  • Bironta lid yoki mijoz e'tibordan chetda qolmaydi
  • Rahbarda butun biznes bo'yicha real vaqtli ko'rinish
  • Sotuvdan keyingi xizmat (NPS) ham nazoratda

Biznesingizga shunaqa tizim quramizmi?

Bepul konsultatsiya oling — jarayoningizni tahlil qilib, sizga mos Bitrix24 sxemasini taklif qilamiz.

So'rov qoldirish